23:28 / 15.05.2016
11275

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya prezidenti idorasiga zarba berish mashg‘ulotini bekor qildi

Shimoliy Koreya poligonda Janubiy Koreya prezidenti idorasiga zarba berish bo‘yicha harakatlarni mashq qilishni ehtimol  bekor qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreya OAV. 

Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan yaqinidagi poligonda Janubiy Koreya prezidenti idorasining birga-bir o‘lchamdagi maketi yasalgandi, 50 ga yaqin artilleriya qurilmasi, jumladan yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari va gaubitsalar keltirilgandi. 

Razvedkadagi manbaning ma'lum qilishicha, poligondan qo‘shinlar va qurilmalar olib chiqib ketilmoqda.

"Shimol, ko‘rinishicha, ochiq o‘t ochish masofasidan qo‘shinlar va qurilmalarni olib chiqib ketmoqda. Biz Shimol zarba berishdan voz kechgan-kechmagani yoki buni keyinroqqa qoldirganini bilmoqchimiz", deb aytdi manba.

Top