Jahon | 14:36 / 27.05.2016
3949
1 daqiqa o‘qiladi
Tokio aeroportida koreyaliklar samolyotida yong‘in chiqqach 292ta reys bekor qilindi
Tokio shahridagi Xaneda aeroportida Korean Air aviakompaniyasining «Boing-777» avialaynerida yong‘in chiqqanidan keyin aeroportda 292ta reys bekor qilindi.
Hodisa samolyot Seulning Inchxon xalqaro aeroportiga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda yuz bergan. Samolyot bortidagi 319 kishi evakuatsiya qilingan. Hech kim jabrlanmagan.