11:55 / 02.06.2016
4621

Pokistonda po‘rtana tufayli qurbon bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi

Pokistondagi kuchli po‘rtanalar kamida 20 kishini hayotdan olib ketgan va 125 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan.

Bundan oldingi xabarlarda 9 kishining o‘limi va 100ga yaqin kishining jabrlangani haqida ma'lum qilingandi.

Hududlarda yo‘llar buzilib ketmoqda, daraxtlar, simyog‘ochlar, reklama shitlari va binolar qulamoqda.

Islomoboddagi Benazir Bxutto nomidagi aeroportdagi reyslar kechiktirilgan.

Top