12:11 / 07.06.2016
5688

«Arsenal» «Lester»ning uch yetakchi futbolchisini o‘ziniki qilmoqchi

«Arsenal» Angliyaning amaldagi chempioni «Lester» futbolchilarini o‘z safiga jalb qilishda davom etmoqda.

Fransiyadagi L’Equipe nashri ma'lumotlariga ko‘ra, londonliklar lesterliklarning o‘tgan mavsumdagi yorqin o‘yin ko‘rsatgan xavbeki, fransiyalik Ngolo Kante uchun taklif bilan chiqish arafasida. Ushbu 25 yoshli futbolchining shartnomasida uning transfer qiymati 25 million yevro sifatida ko‘rsatilgan. Londonliklar esa uning uchun 40 milliongacha to‘lashga tayyor.

«Lester» rahbariyati esa Kanteni qo‘yib yubormoqchi emas va unga maosh miqdori oshirilgan yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchi yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish kerakki, «Arsenal» «Lester»dan hujumchi Jyeymi Vardini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan, shuningdek, jamoaning yana bir yetakchi futbolchisi Riyoz Mahrezni transfer qilish bo‘yicha harakat boshlagan.

Top