08:48 / 07.06.2016
7067

Yana bir futbolchi «Lester»dan ketishni istamoqda

«Lester» jamoasi yarim himoyachisi Riyoz Mahrez tez orada «Arsenal» futbolchisiga aylanadigan Jyeymi Vardi ortidan jamoani tark etmoqchi.

Goal nashri xabariga ko‘ra, «tulkilar» jamoasi rahbariyati Mahrezni olib qolish uchun uning maoshini oshirmoqchi.

Jazoirlik ushbu futbolchining hozirgi shartnomasida haftalik maoshi miqdori 35 ming funtni tashkil qiladi. Rahbariyat uning haftalik maoshi miqdorini 75 ming funtga oshirishni taklif qilgan.

The Sun xabariga ko‘ra, Arsen Venger yakunlangan mavsum chempionlari tarkibidagi 2 futbolchini jamoasi safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan.

Mahrezga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasidan «Arsenal»dan tashqari «PSJ» jamoasi nomi ham bor.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli futbolchi «Lester» uchun 39 uchrashuv o‘tkazib, 18 gol urgan va 10 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan. U muxlislar talqiniga jamoaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Shuningdek, APLda yil o‘yinchisi sifatida taqdirlandi.

Bundan oldinroq, «Lester» jamoasining o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan yana bir futbolchi Ngolo Kante ham yozgi transferlar vaqtida grand jamoalardan biriga o‘tishi haqida xabar berilgandi. Unga da'vogarlar orasida «Arsenal», «Chelsi» va «PSJ» jamoalari bor.

Top