15:08 / 07.06.2016
24384

"Novza" masjidi imom-xatibi xatmi Qur'on uchun AQShga yuborildi

Har yili Ramazon oyidagi diniy marosimlarni o‘tkazib berish maqsadida O‘zbekistonga turli mamlakatlardan murojaatlar kelib tushadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ana shunday murojaatlar asosida joriy yilda Toshkent shahridagi "Novza" masjidi imom-xatibi Jaloliddin qori Hamroqulov AQShga yuborildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Mirodil qori Haydarov esa Rossiyaga jo‘nab ketgan.
 
"O‘tgan yillarda ham o‘zbekistonlik qorilar AQSh, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarda bo‘lib, xatmi Qur'on va Ramazon oyidagi diniy marosimlarni o‘tkazishda yordam ko‘rsatishgan edi", deyiladi xabarda.
 
Ramazon oyi arafasidan O‘zbekistondadagi 2039ta masjidlarda taroveh, 800dan ortiq masjidlarda xatmi-Qur'on o‘tkazilishi boshlandi.
 
Ma'lumot uchun, mustaqillikdan ilgari O‘zbekistonda 89ta masjid faoliyat yuritgan bo‘lsa, istiqlol yillarda masjidlar soni 2039taga yetgan.

Top