Ramazonning birinçi tuni ya'ni 5 iyun oqşomida Özbekistondagi mingga yaqin jome masjidlarida xatmi Qur'on boşlandi.
Jumladan, bu keça “Hazrati Imom” majmuasining yozgi namozgohida ham taroveh namozi öqildi. Masjid hovlisiga asta-sekin qöllari mehnatda qavargan, közlari Ramazon şukuhi ila çaqnagan, yuzlari nurli, yoşlari uluğ otaxonlar hamda taroveh namozida Allohning muborak kalomiga some bölişni intiqlik bilan kutgan namozxonlar kirib kela boşladi. Bir zumda namozgoh Qur'on muxlislari bilan tölib toşdi.

Dastlab, muftiy hazratlari muborak Ramazon oyi bilan barçani tabriklab, duolar ijobat böladigan damlarni ğanimat biliş, yurtning tinç-osoyiştaligi xotirjam ibodat qiliş garovi ekanini ta'kidlab, yaratgandan bu ne'matlarni yanada ziyoda qilişini sörab, duo qildi. Söngra taroveh namozi boşlanib, Kalomullohning tilovati qalblarga surur va farah baxş etdi.
Taroveh namozi öqib bölingaç, namozxonlar muftiy hazrat bilan baralla duoga qöl oçib, Ramazoni şarifga yetkazgani uçun Alloh taologa hamdu sanolar aytişdi. Hamda yaratgandan yurt tinçligini, osmon musaffoligini, xalqning bundanda farovon bölişini söraşdi.





















