OAV: Putin va Erdo‘g‘an Sochida uchrashishi mumkin
RF prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Tayip Erdo‘g‘an bilan Sochida uchrashishi mumkin. Ikki tomonlama muloqot avgust oyida tashkil etilishi ehtimol, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi.
Nashr shuningdek, bu uchrashuv bundan avvalroq tashkil etilishini ham inkor etmayapti. Buning uchun, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari 1 iyunl kungi muzokaralarda kelishib olishlari talab etiladi.
29 iyun kuni Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, Putin bian o‘tkazgan telefon orqali suhbati chog‘ida, ular 4-5 sentabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida uchrashib olishga kelishib olishgan. Ammo, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni tasdiqlay olmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv vaqti va joyi diplomatik yo‘llar orqali hal etiladi.
Mavzuga oid
20:15 / 05.05.2023
Kremlga dron hujumi ortida Ukraina turgan bo‘lishi mumkin - manba
12:56 / 11.04.2023
ISW: Kreml Yevgeniy Prigojinni obro‘sizlantirishga harakat qilmoqda
16:48 / 09.03.2023
Litva maxsus xizmatlari: Kreml Ukrainadagi urushni davom ettirmoqchi
13:04 / 16.01.2023