Jahon | 09:11 / 10.07.2016
7179
1 daqiqa o‘qiladi

Bagama orollari o‘z fuqarolarini AQSh politsiyasi bilan ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi

Arxiv surat

Bagama orollari hukumati AQShga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan fuqarolari uchun ular AQSh politsiyachi bilan ehtiyotkor bo‘lishlari aytilgan ogohlantirish chiqardi. Bunday ogohlantirishni chiqarishga joriy haftada Luiziana va Minnesota shtatlarida politsiyachilarning ikki nafar qora tanli erkakni otib tashlagani sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Daily News nashri.

Hukumat o‘z fuqarolariga AQShga sayohat vaqtida "alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatishni" tavsiya qilmoqda.

"Tashqi ishlar va immigratsiya vazirligi AQShning ba'zi shaharlarida yaqinda qora tanli yosh erkaklarning politsiya xodimlari tomonidan hibsga olinishi vaqtidagi keskinlikni e'tiborga oldi", deyilmoqda tavsiyalarda. 

Orollar hukumati o‘z fuqarolariga politsiyachilar bilan mojaroga bormaslikka va ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, ularga AQSh hududida mitinglar va yurishlarda ishtirok etmaslik maslahat qilinmoqda.

Mavzuga oid