Sport | 23:10 / 14.07.2016
15947
4 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016ning eng qiziqarli Top-10ligi

Yevro-2016 musobaqasi yakunlanganiga ha mana to‘rt kun bo‘ldi. Biroq, bu safargi Yevropa chempionatida yuz bergan qiziq va kulgili voqealar futbol ishqibozlarining xotirasida muhrlangani shubhasiz. Biz esa, e'tiboringizga ularning orasidagi eng qiziqlaridan tanlangan Top-10ligini havola etamiz. 

Kimdir, bu borada Ukraina yoki Rossiya va Angliya termalarining Yevropadagi o‘yinini aytishi mumkin. 

1.  Shveytsariyaliklarning futbolkasi

Yevro-2016 guruh bosqichidagi Fransiya-Shveytsariya o‘rtasidagi o‘yin futbol tarixiga futbolkalarning eng ko‘p yirtilgani bilan kirsa ajab emas. Qit'a chempionatining mezbonlari bir o‘yinning o‘zida raqiblarining 4 nafar o‘yinchisining libosini yirtishning uddasidan chiqishdi. Jaki, Dzemaili, Mahmadiy va Embololar ikkitadan futbolka kiyishga majbur bo‘lishdi. Jyerdan Shaqiriy esa, bu borada latifa ham to‘qishga ulgurgan.  

2.  Ozan To‘fonning sochturmagi

Turk futbolchisi Xorvatiyaga qarshi o‘yinda, Luka Modrichning turk darvozasiga yo‘llagan naq golini qaytarish o‘rniga, o‘zining ajoyib sochturmagini to‘g‘irlab qo‘yishni ma'qul ko‘rgan edi. 

3.  Islandiyalik sharhlovchi

Yevro-2016da afsonaga ulgurgan va ko‘pchilikning birdek e'tirofiga sazovor bo‘lgan Islandiya terma jamoasi o‘yinlarini sharhlagan Gudmundur Benediktsson Yevropa birinchiligi boshlanguncha, KR Reykyavik jamoasida bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan bo‘lsa, turnirdan so‘ng, dunyoning eng mashhur sharhlovchilaridan biri bo‘ldi deyish mumkin. Islandiya – Avstriya o‘yinini sharhlash chog‘ida, jamoasi o‘yinlaridan aqlini yo‘qotgan Gudmundur bir muddat mikrofonga ham yopishib qolgandir, balki. 

4.  Yoaxim Lev va uning qo‘li


Aytish joizki, bundestim bosh murabbiyi bundan avval ham, oqil insonga xos bo‘lmagan qiliqlari bilan katta ekranlarda paydo bo‘lgan. Yevro-2016da ham u bu an'anasini davom ettirdi. Bu voqea Ukrainaga qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi. 

5.  Ronaldu va mikrofon

Yevroning guruh bosqichida endigina ikkita o‘yin o‘tkazgan Krishtianu Ronaldu, yakunda chempion bo‘lishini xayoliga ham keltirmagani aniq. Shu bois, uning kayfiyati chog‘ emas, atrof-olam ham uning ko‘zlariga tund ko‘ringan bo‘lsa kerak. Axir, uning yonida paydo bo‘lgan va Ronaldu haqida bo‘lar-bo‘lmas mish-mishlarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi jurnalistning mikrofonini tortib olib, suvga uloqtirganini bundan boshqa qanday izohlash ham mumkin. 

6.  Jo Ledlining raqslari

Ko‘rinishidan qo‘pol soqolli yigit aslida, quvnoq musiqaga ajoyib raqs tusha oladigan qobiliyatga ega futbolchi ekanini ham namoyish etdi. Jo Ledlining raqslari Uels g‘alabasining timsollaridan biri bo‘ldi. 

7.  Perishich sochturmagi

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Ivan Perishich, Yevro-2016da haqiqiy vatanparvar ekanini isbotladi. Dastlab u, mamlakati chegaralarini aks ettirgan sochturmagi bilan e'tiborga tushgan bo‘lsa, keyinchalik sochini milliy bayrog‘i tusiga bo‘yab, maydonga tushdi. Biroq, bu unchalik ham omad keltirmadi, xorvatlar portugallarga imkoniyatni boy berdi. 

8.  Gabor Kiray

Vengriya terma jamoasining faxriy darvozaboni, lozimi bilan allaqachon futbol muxlislarining e'tiboriga tushib ulgurgan Kiray Yevro-2016 musobaqasida ajoyib to‘p uzatishni ham uddalishini namoyish etdi. 

9.  Dzadza va uning mashhur penaltisi

Italiya terma jamoasining hujumchisi Simone Dzadza Yevro musobaqalari tarixiga, o‘yindan so‘nggi penaltilar seriyasining eng yomon ijrochilardan biri sifatida kirsa ajab emas. 

Mavzuga oid