Sport | 01:53 / 21.08.2016
12607
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016: Dmitriy Shokin oltin medal uchun kurashdan chiqib ketdi
Taekvondoning eng og‘ir vaznida (+80 kg) reytingda birinchi raqamga ega bo‘lgan Dmitriy Shokin yarim finalda yutqazib qo‘ydi.
Hamyurtimiz final yo‘llanmasi uchun bo‘y jihatdan o‘zidan 14 sm. baland bo‘lgan nigerlik Abdulrazzoq Issufuga qarshi dayanga chiqdi. Birinchi va ikkinchi bo‘limlarda hisob ochilmadi. Uchinchi bo‘limda esa ilk ochkoni raqib sportchisi oldi. Shundan so‘ng Shokin tavakkal qilib hujumga o‘tishga majbur bo‘ldi va qarshi hujumda boshidan zarba o‘tkazib yubordi. Dmitriyning so‘nggi daqiqalardagi urinishi ham samara bermadi. Yakuniy hisob — 2:8.
Endi Dmitriy Shokin bronza medali uchun bahs olib boradi. Ushbu jang 05:45da start oladi.
Mavzuga oid
12:25 / 01.11.2019
Tokio olimpiadasiga jami 135ta yo‘llanma qo‘lga kiritish rejalashtirilgan - MOQ
19:12 / 14.05.2017
Boku-2017. Shokin va boshqa taekvondochilar Bokuga yo‘l oldi
00:46 / 09.12.2016
Rio-2016. Boks finalida Shahobiddin Zoirovga yutqazgan sportchi kumush medalidan mahrum qilindi
23:15 / 28.11.2016