Jahon | 11:20 / 30.08.2016
3807
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziya hukumati Sumatra orolida zaharlangan havo tufayli maktablarni vaqtinchalikka yopdi
Indoneziyaning Sumatra orolidagi Riau viloyatida 30 avgust kuni o‘rmon yong‘inlaridan keyin havoning zararlanishi tufayli maktablardagi mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Ayni vaqtda havoning zaharlanish ko‘rsatkichi 360 birlikka yetgan (bu ko‘rsatkich 200dan oshganida xavfli daraja hisoblanadi).
The Jakarta Post nashri xabariga ko‘ra, ba'zi hududlarda quyuq tutun paydo bo‘lgan, ko‘rish masofasi 500 metrgacha kamaygan.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi aholini ochiq havoda kamroq vaqt o‘tkazishga va maxsus niqoblar taqishga chaqirmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari 100 mingga yaqin kishining sog‘ligiga ta'sir ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
19:31 / 05.12.2024
Apple Indoneziyadagi ishlab chiqarish korxonalariga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024