Yaponiya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi
2016 yilning 7 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Itoni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Nobuaki Ito Yaponiya rahbariyati nomidan O‘zbekiston Hukumati va xalqiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi.
Vazir hamdardlik va dalda so‘zlari hamda Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan motam marosimlarida Yaponiya Hukumati delegatsiyasining ishtiroki uchun elchiga minnatdorchilik bildirdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston—Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:24 / 23.12.2024
“Vertolyotda kelib, ko‘zimizni bog‘lab olib ketishdi” - BAAda hibsga olingan o‘zbekistonlik
09:50 / 13.12.2024
“Muhojirlarimiz har qancha kamsitilsa ham, TIVdan sado yo‘q” - xorijdagi vatandoshlarni kim himoya qiladi?
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
14:17 / 26.11.2024