Sport | 15:41 / 13.09.2016
7270
1 daqiqa o‘qiladi
Figu: «Men Zidanga to‘p oshirmaganman? Bo‘lmagan gap»
«Real» klubining sobiq himoyachisi Luish Figu jamoadoshi Zaynidin Zidan bilan munosabatlarida muammo bo‘lmaganini ta'kidladi.
U Ispaniya nashrlarida Zidan o‘z vaqtida Figu ustidan Peresga shikoyat qilgani, uni to‘p oshirmayotgani uchun noligani haqida tarqalgan xabarlarga shunday munosabatda bo‘lgan.
«Men Zidanga to‘p oshirmaganman? Bo‘lmagan gap. Zidanning o‘yini go‘zal, estetik edi. Gazetada shunday xabar chiqqanining ertasi kuni menga so‘nggi o‘yinimiz statistikasini ko‘rsatishdi. O‘sha o‘yinda Zidan bilan ikkimiz bir-birimizga eng ko‘p to‘p oshirgan futbolchi bo‘lganmiz», deya Figuning so‘zlarini keltirgan AS nashri.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
21:56 / 20.07.2020
«Real»ning o‘tgan mavsumdagi xatosini takrorlagan «Barsa». Zidan chempionlikni qanday tortib oldi?
22:30 / 11.03.2019
Zidan «Real»ga qaytdi
21:48 / 31.05.2018
Ronaldu Zidanning ketishiga izoh berdi
09:00 / 17.08.2017