O‘zbekiston | 14:06 / 14.09.2016
149747
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov Nig‘matovichni bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqida O‘zbekiston respublikasi hukumat portalining yangilangan ma'lumoti dalolat beradi.

Manbaga ko‘ra, Abdulla Oripov Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari vazifasini bajaradi. Oripov 2002 yilning mayidan 2012 yilning avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibida boshqa o‘zgarishlar ham ro‘y bergan. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Rustam Qosimov tayinlandi. U 2014 yilning aprelidan buyon shu lavozimda faoliyat ko‘rsatgan Alisher Vahobovning o‘rnini egalladi. U 2004−2008 yillarda ham oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri va bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgandi.

Inom Majidov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Majid Karimov — ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Mavzuga oid