02:53 / 22.09.2016
7128

"Real" "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda mavsumdagi ilk ochkosini yo‘qotdi

Ispaniya La Ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Real" va "Vilyarreal" uchrashuvi poyoniga yetdi. 

Madridda kechgan o‘yinda Zidan avvalgi turda maydonga tusha olmagan Garet Beyl va Krishtianu Ronalduni asosiy tarkibga kiritdi. Shunga qaramay, dastlab hisobni mehmonlar ochishdi. Bruno Soriano 45-daqiqada penaltidan gol kiritdi, - 0:1. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l olishdi. 

Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida esa "Real" xaloskori Serxio Ramos boshi bilan "Vilyarreal" darvozasini ishg‘ol qildi. Qolgan daqiqalarda ikkala jamoa ham gol kiritishning uddasidan chiqa olishmadi. Shunday qilib, "Real" mavsumdagi dastlabki ochkosini yo‘qotdi. 

"Real Madrid" - "Vilyarreal" 1:1 (0:1)

Gollar: 0:1 - B. Soriano (pen. 45+1), 1:1 - S. Ramos (48)

"Real Madrid": Kasilya; Danilo, Varan, S. Ramos, Marselo (Karvaxal, 45); Kovachich, Kroos, Xames; Beyl (Lukas, 72), Benzema (Morata, 77), Ronaldu

"Vilyarreal": Asenxo; Gaspar, Musakkio, V. Ruis, X. Anxel; B. Soriano, Trigeros; Cheryshev (R. Soriano, 64), Kastilexo, X. dos Santos (N'Diayye, 88); Sansone (Pato, 73)

Ogohlantirishlar: S. Ramos (45), X. Anxel (52), Ronaldu (69), Kroos (75)

Top