Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Manchester Siti» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etib, finalga chiqdi
Foto: Getty Images
Manchesterda Chempionlar ligasi yarimfinal javob o‘yini doirasidagi ikkinchi o‘yin o‘tkazilib, turnir finalchilari ma’lum bo‘ldi.
«Etihad» stadionida «Manchester Siti» «Real»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bernardu Silva birinchi bo‘limdayoq dublga erishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Militao avtogolidan so‘ng hisob yiriklashdi – 3:0.
Butun o‘yin davomida Kurtuani dog‘da qoldira olmagan Holandning o‘rniga 89-daqiqada Alvares maydonga tushgach, unga Tibo darvozasini nishonga olish uchun ikki daqiqa yetarli bo‘ldi – 4:0.
Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun «Real»dan alamini olib, finalga yo‘llanma oldi. YeChLning amaldagi g‘olibi esa turnirni yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan tark etdi. Final bahsi 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Unda «Siti» «Inter»ga qarshi sovrin uchun kurashadi.
YeChL. Yarimfinal. Javob uchrashuvi.
17 may (chorshanba)
Manchester Siti – Real – 4:0
Gollar: 1:0 – 23 Bernardu Silva, 2:0 – 37 Bernardu Silva, 3:0 – 76, avtogol Militao, 4:0 – 90+1 Alvares
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gundo‘g‘an (Mahrez, 79), de Bryuyne (Foden, 84), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand (Alvares, 89).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 80), Alaba, Militao, Kamavinga (Tchuameni, 80), Modrich (Ryudiger, 63), Kroos (Asensio, 70), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 80), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ruben Diash (50), Karvaxal (55), Gyundogan (62), Kamavinga (75).
Birinchi uchrashuv: 1:1.
Mavzuga oid
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025