AQShdagi savdo markazida ommaviy qotillik sodir etishda gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Politsiya AQShning Vashington shtati, Berlington shahrida joylashgan savdo markazida otishma keltirib chiqarib, 5 kishini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda shtat politsiyasining rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.
"Mergan qo‘lga olindi, batafsil tafsilotlar matbuot anjumani vaqtida ma'lum qilinadi", deyilgan xabarda.
ABC News telekanali ma'lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi Ok-Xarbor shahrida yashovchi 20 yoshli Arkan Setrin. Uni jinoyatni sodir etishga undagan sabablar aniqlanmadi.
Bundan avvalgi xabarlarda 24 sentabr oqshomida Siyetl shahridan 105 km shimoldagi Berlington shahrida, Cascade Mall shahrida otishma oqibatida 4 ayol va bir erkak halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Jinoyatchi taxminan Lotin Amerikasi vakili ekani va ov miltig‘i bilan qurollangani aytilgandi.
Uning videokameralarga muhrlangan suratlari tarqatildi.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
16:47 / 17.12.2024
AQSh maktabidagi otishmada o‘qituvchi va o‘quvchilar halok bo‘ldi
10:32 / 17.12.2024
Viskonsindagi maktabda yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi
23:52 / 26.11.2024