01:49 / 25.09.2016
29762

“Real” kutilmaganda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Madridning “Real” jamoasi La Liganing 6-turida “Las-Palmas” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Marko Asensio “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 38-daqiqada mezbonlar a'zosi Dominges muvozanatni tikladi, - 1:1. Jamoalar tanaffusga shunday hisob bilan yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limda “Real” ko‘proq hujumlar tashkil qildi. Bu esa 68-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Karim Benzema Ronaldu va Morata tomonidan amalga oshirilgan kombinatsiyani gol bilan yakunladi va madridliklarni oldinga olib chiqdi, - 1:2.

Benzemaning goli  esa “Real”ga g‘alaba keltirmadi. 85-daqiqada Arauxo “Las-Palmas”ning joniga aro kirib, muvozanatni tikladi. Bahsning qolgan daqiqalarida “Real” qator golli vaziyatlarni yaratganiga qaramay, hisobni o‘zgartira olmadi. Shunday qilib, o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

“Las-Palmas” – “Real” – 2:2

Gollar: 0:1 – 33 Asensio, 1:1 – 38 Dominges, 1:2 – 67 Benzema, 2:2 – 85 Arauxo. 

Las-Palmas – Varas, Garsiya Santana, Kastelyano, Masedo, Artiles, Momo (Arauxo, 68), Gomes, Dominges, Viyera (El-Jar, 56), Livaya (Lemos, 88), Mesa.

Real Madrid – Kasilya, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kroos, Asensio (Benzema, 64), Beyl, Ronaldu (Vaskes, 72), Morata (Isko, 80).

Ogohlantirishlar: Mesa (23), Garsiya Santana (54), Kroos (58), Karvaxal (77), Dominges (90).

 

manba:tribuna.uz

Top