Sport | 17:15 / 26.09.2016
18129
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Ronalduning Zidanga qarata haqoratli so‘zlar yo‘llagani haqida xabar qildi

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Liga 6-turida«Las-Palmas»ga qarshi (2:2) kechgan uchrashuvda zaxiraga olingani uchun bosh murabbiy Zaynidin Zidanga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan. Bu haqda Cuatro xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ronaldu 72-daqiqada o‘yindan olingach, zaxira o‘rindig‘ida o‘z hissiyotlarini jilovlay olmagan va Zidanning onasini haqoratlagan.

O‘yinning 72-daqiqasida portugaliyalik 31 yoshli futbolchi o‘z o‘rnini Lukas Vaskesga bo‘shatib berdi.

O‘yindan keyin bergan intervyusida fransiyalik mutaxassis futbolchini o‘yin davomida almashtirganiga izoh berar ekan, Ronalduni avaylash kerakligi, u ko‘proq dam olishi lozimligini aytib o‘tgan.

«Real» 6 turdan keyin 14 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda. Ronaldu joriy mavsumda jamoa uchun shu vaqtgacha 4ta o‘yin o‘tkazdi va 2ta gol urdi.

Qayd etish joizki, Zaynidin Zidan Ronalduni Ispaniya chempionatining 4 o‘yinidan 2tasida zaxiraga olgan.

Bundan oldinroq, futbolchining maydondan chiqib ketayotganidagi norozi holati ifodalangan video namoyish qilingandi.

Mavzuga oid