08:18 / 02.10.2016
16851

UFC jangchisi uyida behush, uning anonseri esa o‘lik holda topildi

Mutlaq jang chempionatida (UFC) ishtirok etuvchi sportchi Josh Samman o‘z uyida behush holda topilgan va hozirda shifoxonada koma holatida qolmoqda, deb xabar bermoqda Tallahassee Democrat.

Sammanning do‘sti va ring-anonseri Troy Kirkinburg u bilan birga bo‘lgan. Shifokorlar uning o‘lganini qayd qilishgan. Voqea tafsilotlari oshkor qilinmagan, biroq OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Samman va Kirkinburg giyohvand moddalar peredozirovkasi sababli shu holga tushganlar. Avvalroq ham Sammanda giyohvand moddalar bilan muammolar bo‘lgan, biroq u bu zararli odatidan forig‘ bo‘lishga muvaffaq bo‘lgandi.    

Sammanning hisobida 16 ta jang bo‘lib, u 12 ta jangda g‘olib, 4 tasida mag‘lub bo‘lgan. 

 

Top