Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida davlat chegarasi yaqinida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi giyohvand moddalar va dori vositalari aniqlanib, musodara qilindi.
Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va uning daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida noqonuniy holat fosh etildi.
Xususan, Sirdaryo daryosining Farg‘ona viloyati Beshariq tumani "Shodiqoziq" MFY hududidan o‘tuvchi qismi qirg‘og‘ida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 dona polietilen qop aniqlandi.
Mazkur qoplar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ular ichida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan jami 48 dona o‘ramda 47 kg 113 gr “gashish”, 15 dona o‘ramda 7 kg 779 gr “opiy” giyohvandlik vositalari, shuningdek, 10 710 dona “Lidaza” va 756 dona “Tenoksikam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Aniqlangan barcha dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari doirasida ushbu giyohvand moddalar egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 13.04.2026
DXX tezkor tadbiri: Qo‘qonga olib ketilayotgan dorilar to‘xtatildi
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
20:16 / 09.04.2026
Shavkat Mirziyoyev So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
23:34 / 07.04.2026