Estoniyaga ilk marta ayol kishi prezident bo‘ldi
Kersti Kalyulayd Estoniyaning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda Postimees xabar berdi.
Mamlakat parlamentida o‘tkazilgan saylovda Kalyulayd 68 ovoz yetarli bo‘lgani holda 81ta ovozga ega bo‘lgan.
Kersti Kalyulayd 2004 yildan buyon Estoniyaning Yevropa hisob palatasidagi vakili sanalardi. 2011 yilda u Tartus universiteti kengashi raisi sifatida ish boshladi, 2016 yil boshida esa parlament kantselyariyasi qoshidagi rivojlanish monitoringi bo‘yicha kengashga rahbarlik qilishga kirishgandi.
29 sentabr kuni Estoniyada oy davomida uchinchi marta mamlakat prezidentligi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish ishlari boshlangandi.
Ungacha vakillar hay'atidan iborat saylovchilar kollegiyasi 2 turda ham Estoniyaning yangi prezidentini saylay olmagandi va bu huquq parlamentga o‘tgandi.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Toomas Xendrik Ilves ikki bor besh yillik muddatga saylangani sababli bu lavozimga ortiq da'vogarlik qilolmadi.
Mavzuga oid
17:28 / 13.11.2024
Estoniya Rossiya bilan chegarada «dronlardan himoya devori»ni quradi
21:41 / 08.11.2024
Kiyevga hujum vaqtida Rossiya droni Estoniya elchisi yashaydigan uyga kelib urildi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
23:57 / 13.09.2024