Nobel mukofoti sovrindorlari o‘z ixtirolarini foydasiz deb hisoblamoqdalar
Fizika bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofotini olayotgan fiziklar kashfiyoti tasodifan amalga oshirilgan. Bu haqda 4 oktabrda mukofot sovrindorlaridan biri – Dunkan Xaldeynning so‘zlarini TASS axborot agentligi keltirib o‘tdi. Olim u va uning hamkasblari ularning tadqiqotlari foydali bo‘lishi mumkinligi haqida hattoki o‘ylamaganlarini aytdi.
Olim kashfiyot qanday qilib amalga oshgani haqidagi savolga, "u nimadir noto‘g‘ri ekanligini anglash va isbotlashga uringanini" aytdi. "Boshqa kashfiyotlar kabi biz bunda qoqildik. Nimani kashfiyot qilganingni anglash uchun vaqt kerak", deb ta'kidlab o‘tdi. "Boshqalar kabi men ham taajjublandim. Men bu mavzu ustida 1980-yillar oxirida ishlashni boshlaganimda, bu kashfiyot tatbig‘ini topishi mumkinligini hattoki o‘ylamagandim. Hozir bu tasdiqlandi, biroq ancha ko‘plab narsani ochish kerak", deb mukofot bilan taqdirlangani haqidagi yangilikni qanday qabul qilganini so‘zlab berdi Xaldeyn.
Fizika bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofoti "topologik faza o‘tishlari va topologik modda fazalarining nazariy ochilishi" uchun Devid Taules, Dunkan Xaldeyn va Jon Kosterlitsga beriladi. Taules Vashington universitetining fizik-nazariyachisi, Xaldeyn Prinston universiteti fizigi va Kosterlits Braun universiteti fizigi hisoblanadi. Olimlarning tadqiqotlari moddaning kondensiyalashgan holati nazariy fizikasiga taalluqli bo‘lib, Berezinskiy-Kosterlits-Taules fazaviy o‘tishi ta'rifi bilan bog‘langan.
2015 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotini kanadalik Artur Makdonald va yaponiyalik Takaaki Kadzita "neytrin ostsillyatsiyalarda massa borligini ko‘rsatuvchi neytrin ostsillyatsiyalarni ochganlari" uchun mukofotlangandilar.
Mavzuga oid
17:41 / 06.10.2022
Short-listdagi favorit: Zelenskiy Nobel mukofotini oladimi?
16:41 / 04.10.2022
Fizikadan 2022 yilgi «Nobel»ga kvant mexanikasidagi yutuqlari uchun 3 fizik olim sazovor bo‘ldi
12:54 / 05.10.2021
Nobel haftaligi: Tibbiyot bo‘yicha 2021 yilgi sovrindorlar e'lon qilindi
20:12 / 23.09.2021