Fan-texnika | 18:25 / 08.10.2016
7485
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya YeIga benzin va dizelda yuruvchi mashinalardan voz kechishni taklif qildi

Foto: 24auto.ru

Germaniya Bundesrati (Federal kengashi)ning Yevropa Ittifoqiga 2030 yilgacha ichki yonuv dvigatellarida harakatlanuvchi har qanday avtomobillardan voz kechishni taklif qilmoqda. Loyiha mualliflarining fikricha, haydovchilarni ekologik toza transport vositalariga o‘tishlariga turtki berish uchun soliq qonunchiligini o‘zgartirish lozim, deb yozmoqda Der Spiegel haftaligi.

Hujjatda aytilishicha, Yevrokomissiya avtotransportlardan olinadigan soliq va yig‘imlar tizimini qayta ko‘rib chiqishi kerak. 

Germaniya qonunchilarining so‘zlariga ko‘ra, 2030 yildan kechikmasdan YeI ko‘chalarida is gazi chiqarmaydigan avtomobillargina harakatlanishi lozim. 

Bu esa, bir jihatdan Parij iqlim kelishuvi bandlarining ijrosini ham ta'minlagan bo‘lur edi. Unga muvofiq, Germaniyaning o‘zi 2050 yilgacha qadar uglerod ikki oksidi gazining havo chiqarilishini 95 foizga qisqartirishi kerak. 

Shunga qaramay, Der Spiegel nashrining qayd etishicha, Germaniyaning o‘zida ham elektromobillarga o‘tish jarayoni sust kechmoqda. Bunga benzinli mashinalarga o‘rganib qolingani va elektromobillar uchun yetarli infratuzilmalar barpo etilmagani sababdir. 

Mavzuga oid