Arab koalitsiyasi Sanodagi hujumga aloqadorligini rad etdi

Foto: AP
Al Arabiya telekanalida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga asoslanib xabar berilishicha, Yaman poytaxtida shanba kuni koalitsiya samolyotlari dafn marosimi ustiga bomba yog‘dirmagan.
"Bu maqsadda hech qanaqa harbiy amaliyot o‘tkazilmagan. Koalitsiyada bu hujum haqida bilishdi, men ishonamanki, hodisaning boshqa sabablari aniqlanadi. Koalitsiya ommaviy qotilliklardan saqlanishga harakat qiladi. Tinch aholi vakillari bizning nishonimiz bo‘lmagan", degan manba.
Sputnik agentligi 8 oktabr kuni tibbiy xodimlarga asoslanib Yaman poytaxti Sano shahrida o‘tayotgan dafn marosimiga qilingan hujum oqibatida 100dan ortiq kishi halok bo‘lib, 534 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.
Keyinchalik qurbonlar soni 140 nafardan ortgani ma'lum qilindi.
Qurbonlar soni ortishi mumkin.
Halok bo‘lganlar orasida shahar meri Abdulqodir Hilol ham bo‘lgani aytildi.
Bu ma'lumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Ayni vaqtda Sano shahri isyonchi husiychilar (shialarning "Ansor Alloh" harakati) nazorati ostida bo‘lib turibdi. Bu guruh mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulla Saloh armiyasi vakillaridan tarkib topgan. Husiychilar 2014 yil kuzida mamlakatning hozirgi prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyni va vazirlarini quvib yuborgan. Hukumat hozirda Yaman janubidagi Adan shahriga joylashgan. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2015 yilning 26 martida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanga kirdi va shundan so‘ng qonli mojarolar yanada avj oldi.
Mavzuga oid

15:59 / 01.01.2025
AQSh va Britaniya Yaman poytaxti Sanoga 6 marta havo hujumi uyushtirdi

14:52 / 21.11.2021
«Sahro Manhetteni». Yamandagi o‘rta asr osmono‘par binolarida odamlar hali ham yashamoqda

17:07 / 27.10.2020
Yaponiyada AQSh bombardimonidan jabrlanganlarga 5 ming dollardan to‘lanishi mumkin

07:24 / 31.07.2018