22:35 / 08.10.2016
8558

Yamanda dafn marosimiga berilgan aviazarba oqibatida 80 dan ko‘p kishi halok bo‘ldi

Foto: © AP

Yaman poytaxti Sanoda xusiychilar ishtirokida o‘tayotgan dafn marosimiga Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi samolyotlari zarba berishi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va ko‘plab odamlar jarohat oldi, deb ma'lum qildi Sputnik nashriga mahalliy manba.

Sano isyonchi xusiychilar nazoratida bo‘lib, arab koalitsiyasi ularning pozitsiyalariga 2015 yildan beri hujum qilib keladi. 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, isyonchilar hukumatidagi ichki ishlar vazirining otasi vafoti munosabati bilan dafn marosimi o‘tayotgan zal zarbaga uchragan.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar 82 kishini, jarohatlanganlar esa 534 kishini tashkil qilgan.

 

Mavzuga oid
Top