"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta sport va halol o‘yin rivojiga qo‘shgan hissa uchun topshiriladigan nufuzli Qirolicha Sofiya mukofotining 2015 yilgi sovrindori bo‘ldi.
"Mukofot o‘yinchining jyentlmenlarga xos xatti-harakati, uning ijobiy prinsiplari va halol o‘yinga sodiqligini hamda u yosh avlod uchun maydonda va uning tashqarisida ajoyib o‘rnak bo‘la olishini ko‘rsatadi", deb ma'lum qildi "Barselona" sayti.
O‘tgan hafta 32 yoshli Inesta uchun esda qolarli bo‘ldi: u "Barsa" tarkibidagi 600-o‘yinini o‘tkazdi va undagi faoliyatining 20 yilligini nishonladi.
Manba: Tribuna.Uz