Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.A.Karimovning turmuş örtoği Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimova 2016 yil 10 oktabr kuni şahrimiz markazida qad rostlagan “Minor” jome masjidini ziyorat qiliş maqsadida taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasining Toşkent şahar vakilligi sayti ma'lum qildi.
Uşbu masjidni respublikamizning birinçi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita tavsiyalari va taşabbuslari bilan 2013 yil 29 iyulda Toşkent şahrining Minor mahallasi hududida bunyod etilgan. Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.A.Karimovning turmuş örtoği Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimovalarni ÖMI Toşkent şahar boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Toşkent şahar vakilligi xodimlari va masjid jamoasi kutib olişdi. Ziyoratçilar dastavval masjidga özgaça körk bağişlab turgan favvora va hududda olib borilgan obodonlaştiriş işlari bilan taniştirildi. Şuningdek, masjidning içki hovlisi, ÖMI Toşkent şahar vakilligi ma'muriyati xonasi va masjid xonoqoxini ziyorat qilişdi.
Toşkent şahar boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov masjidning quriliş tarixi, masjid siğimi, yurtimizning turli viloyatlaridan kelayotgan ziyoratçilarning yurtimiz va yaqinda vafot etgan yurtboşimiz haqlariga qilayotgan duolarini aytib ötdi. A.Tursunov masjidning qurilişi Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.A.Karimov janoblarining taşabuslari bilan çiroyli va körkam holga keltirilganligini, uşbu qilingan barça işlar tahsinga sazovor ekanligini ta'kidlab ötdi.
Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimovalar “Minor” masjidiga qilgan ziyoratlaridan mamnun bölganliklarini bildirib, birinçi Prezidentimizning 1992 yil Umra safarida Saudiya Arabistoni qiroli tomonidan hadya qilingan kisvani masjid jamoasiga hadya qilişdi. Uşbu kabapöşning qadri yana şu bilan balandki, uşbu kisva bir yil davomida Kabayi Muazzama içida saqlangan.
Ziyorat söngida Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.A.Karimovning haqlariga Qur'on tilovat qilinib, ruhi poklariga bağişlandi. Şuningdek, ziyoratçilarga “Minor” masjidi nomidan esdalik sovğalar topşirildi.























