09:17 / 13.10.2016
7944

Tayland qirolining sog‘lig‘i yomonlashdi

Foto: ibtimes

9 oktabr kuni Taylandning 88 yoshli qiroli Pxumipon Adulyadetning sog‘lig‘i barqarorlashmagan. Shu sababli, merosxo‘r shahzoda Maxa Vachiralongkorn va Tayland bosh vaziri Prayut Chan-ocha zudlik bilan mamlakat poytaxtiga qaytishgan. Qirol davolanayotgan shifoxona oldiga o‘nlab fuqarolar to‘planib, uning sog‘lig‘i haqida qayg‘urishmoqda. 

Qirol Pxumipon Bangkokning Sirirach shifoxonasida davolanmoqda. U so‘nggi bir yil mobaynida mazkur muassasani deyarli tark etmadi. 

Tayland hukumati qirol sog‘lig‘i yomonlashgani haqida 1 oktabrda xabar qilgan edi. 9 oktabrga kelib bu borada ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, shifokorlar qirol qonida infeksiya borligini va jigari g‘alati faoliyat ko‘rsatayotganini aytishgan. 

Mavzuga oid
Top