Sport | 20:31 / 13.10.2016
6644
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sambochilar xalqaro turnirda 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Foto: Xalqaro sambo federatsiyasi

Ruminiyaning Ployeshti shahrida  7−9 oktabr kunlari o‘smir yigit va qizlar (17−18 yosh) hamda 19−20 yoshli yigit-qizlar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 374 nafar sportchi ishtirok etdi. Bu haqda “Gazeta.uz" yozmoqda.

O‘zbekiston vakillari ushbu musobaqada 25 nafar sportchi bilan ishtirok etdi va  16 medal — 2 oltin, 3 kumush va 11 bronza medalini jamg‘argan holda umumiy hisobda Rossiya va Gruzidan so‘ng uchinchi o‘rinni band etdi.

Ubaydullo Mo‘minov (60 kg, o‘smir) va Fazliddin Xolmatov (68 kg, yunior) musobaqa oltin medaliga sazovor bo‘lishdi.

Shahzod Tagiyev (57 kg, yunior), Mironshoh Sultonov (74 kg, yunior) va Klara Darmenbayeva (60 kg, qizlar) esa kumush medal bilan taqdirlanishdi.

Botir Azamov (56 kg, o‘smir), Jasur Sodiqov (81 kg, o‘smir), Ulug‘bek Mamajonov (48 kg, yunior), Avazbek Abdujalilov (52 kg, yunior), Elyor Xojimamatov (82 kg, yunior), Parviz Halimov (100 kg, yunior), Madina Turg‘unboyeva (44 kg, qizlar), Xojinsa Komoldinova (65 kg, qizlar), Nilufar Rahmonova (48 kg, yunior), Irina Kulakova (64 kg, yunior), Sojida Savriyeva (+80 kg, yunior) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Mavzuga oid