Jahon | 19:53 / 15.10.2016
11008
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanda motam marosimiga zarba berganini tan oldi

Foto: Reuters

Yamanda isyonchilarga qarshi kurash olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yaman poytaxti Sanoda motam marosimi o‘tayotgan binoga zarba berilishi tergovi natijalariga ko‘ra, zarba xato tufayli berilganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Al-Arabiya" telekanali. 

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Sanoda 8 oktabrda berilgan zarba oqibatida 140 kishi halok bo‘lgan, 525 kishi jarohat olgandi. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 213 kishini tashkil qilgan. Koalitsiya avval bu zarbani berishga aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyinroq tergov o‘tkazishini aytgan.  

"Tergovchilar jamoasi Yaman bosh shtabi vakillari koalitsiya harbiy-havo kuchlariga, keyinroq ma'lum bo‘lishicha, Sanoning muayyan joyida xusiychilar qurollangan qo‘mondonlari borligi haqida xato xabar bergani haqidagi xulosaga kelishgan", deb aytildi koalitsiya bayonotida. 

Ta'kidlanishicha, shu xabardan keyinoq obektga "harbiy nishon" sifatida zarba berilgan va qarorni Yamandagi shtab koalitsiyaning markaziy qo‘mondonligi ruxsatisiz qabul qilgan.

"Pozitsiyaga zarba xato berilgan. Harakatlari bu voqeaga olib kelgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish va qurbonlar hamda jarohatlanganlar yaqinlariga tovon puli to‘lash bo‘yicha ishni boshlash zarur", deb ta'kidlandi koalitsiyada. 

 

Mavzuga oid