Jamiyat | 10:51 / 17.10.2016
7743
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Ruanda qiroli Kigeli V hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AP

Ruandaning so‘nggi qiroli Kigeli V 16 oktabr, yakshanba kuni AQShda 81 yoshida vafot etdi. Bu haqida sobiq monaxning rasmiy saytiga asoslanib, "France press" xabar berdi.

Asl ismi Jan-Batist Ndaxindurva bo‘lgan qirol 1959 yilda akasi Mutara III o‘limidan keyin Ruanda taxtiga o‘tirgan. 1960 yilda Belgiya mustamlakasi ma'muriyati bilan to‘qnashuvdan so‘ng u mamlakatni tark etgan, bir yil o‘tib esa, mamlakatda monarxiya tuzumi bekor qilindi. 

Taxminan 20 yil bir necha Afrika davlatida yashagan Kigeli V 1992 yilda Vashington chekkasiga ko‘chib o‘tdi. AQShda u ruandalik qochqinlarga yordam ko‘rsatish maqsadida qirol Kigeli V xayriya fondini tashkil qildi. 

2013 yilda Ruanda sobiq qirolining Virjiniya shtatidagi imtiyozli turar-joyda yashayotgani ma'lum bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, u o‘z hayoti davomida bir necha marta vataniga faqatgina monarx sifatida qaytishga tayyor ekanligini ta'kidlagan. 

Mavzuga oid