Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Qo‘shma kommyunike imzolanishi natijasida, Ruanda mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 167-davlatga aylandi.
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
“Dunyo” axborot agentligi xabar qilishicha, Antaliyada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olive Ndxungirexe o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida ta’kidlashicha, mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalarga yo‘l ochadi. Shu bilan birga, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini joriy etish bo‘yicha Anglashuv memorandumi ham imzolangan.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlar O‘zbekistonning Afrika qit’asi davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026