Ekvador hukumati WikiLeaks asoschisi va Ekvadorning Londondagi elchixonasida 2012 yildan beri qolayotgan Julian Assanjga internetga qirishni qisman cheklab qo‘yganini rasman tan oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Ekvador, o‘zining suveren huquqidan foydalanib, Buyuk Britaniyadagi elchixonasida aloqa tizimlariga kirishni vaqtinchalik cheklab qo‘ydi", deb aytildi hukumat bergan bayonotda.

Ekvador hukumati bu cheklov WikiLeaks’ga "jurnalistik faoliyatini" amalga oshirishda xalaqit bermasligini ma'lum qildi.

Avvalroq Assanjga internet tarmog‘iga ulanish cheklangani ma'lum qilingandi. WikiLeaks ma'lumotlariga ko‘ra, bu chora AQSh davlat kotibi Jon Kerri iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan.