Ekvadorning Londondagi elçixonasida qönim topgan internet-platforma asosçisi Jullian Assanjni internetga çiqiş imkonisiz qoldirişdi. Bu haqida WikiLeaks xabar berdi.
"Jullian Assanjning internetga ulaniş imkoni "muayyan" davlat tomonidan ataylab öçirib qöyildi. Biz kutilmagan vaziyatlarga muvofiq çoralar körib qöyganmiz", - deyiladi WikiLeaks'ning Twitter'dagi sahifasida.
WikiLeaks asosçisi 2012 yildan buyon Ekvadorning Londondagi elçixonasida qönim topgan - öşa yili şved hukumati uni AQŞga ekstraditsiya qilişidan qörqib, u Ekvador hukumatiga siyosiy boşpana sörab murojaat qilgan.
Assanj Ekvador elçixonasiga kelgan vaqtdan buyon şved prokuraturasi biror marta gumondorni söroq qilmagan va şu bois idora Şvetsiyada köp marta tanqidga uçragan.
Manbaga köra, Stokgolm va Kito örtasidagi bir neça oylik yozişmalardan söng şved prokuraturasi 17 oktabrda Assanjni Londondagi Ekvador elçixonasida söroq qilişi mumkin.












