Ispaniyalik musulmon piyoda umra amalini amalga oshirdi. U Parijdan 5,5 oy oldin o‘z safarini boshlab, 9 ming kilometr bosib o‘tdi, deb yozmoqda Kuvaytning "Al Rai" nashri.
Ta'kidlanishicha, erkak buning uchun 5 ming yevro sarflagan va unga taklif qilingan moliyaviy yordamni rad etgan.
Ob-havoning turli-tumanligi ispanga safari davomida murakkablik tug‘dirib turdi: ziyoratchi o‘tayotgan bir joy shunchalik sovuq bo‘lganki, u na oyog‘ini, na qo‘lini his qilgan.
2012 yilda bosniyalik musulmon haj amalini bajarish uchun 5,7 ming km yo‘l bosib o‘tgan. Joriy yilda rossiyalik musulmon xitoylik hamrohi bilan Saudiya Arabistoniga velosipedda hajga borgan.