O‘zLiDeP delegatlari O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi

19 oktabrda Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan 300 ga yaqin delegat qatnashdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bergan.
S'yezd ishtirokchilari 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mamlakatimiz ijtimoiy–siyosiy hayotida muhim voqea ekanligi, unda O‘zLiDePning faol ishtirok etishi lozimligini qayd etishdi.
Anjuman qatnashchilari ta'kidlaganlaridek, mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Milliy davlatchiligimizning mustahkam asoslari yaratildi. Demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga o‘tish, aholi hayot darajasini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Qonun ustuvorligi, ko‘ppartiyaviylik, demokratik saylovlar mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
S'yezd ishtirokchilari tomonidan yurtimizda har tomonlama o‘zini oqlagan islohotlarning davomiyligini, Vatanimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligini ta'minlash yo‘lida faol ish olib borish vakillik organlarida eng ko‘p deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan yetakchi siyosiy kuch sifatida O‘zLiDeP uchun bundan buyon ham asosiy maqsad bo‘lib qolishi ta'kidlandi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining xozirgi bosqichida O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan rivojlanish yo‘lini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarishga qodir, islohotlarning tub mohiyatini aniq biladigan, ularni amalga oshirish jarayonlarining faol ishtirokchisi bo‘lgan, xalq taqdirini o‘z taqdiri bilan chambarchas bog‘lab, doimo el-yurt tashvishi bilan yashaydigan, tashabbuskor va tashkilotchi shaxs nomzodini ilgari surish zarurligi alohida qayd etildi.
Ana shu holatlarni hamda s'yezd delegatlarining chiqishlarida o‘z aksini topgan saylovchilar va ko‘p sonli partiya elektorati vakillari fikrlarini inobatga olgan holda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston-liberal demokratik partiyasining S'yezdi bo‘lajak saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish, mustaqil davlatchilik asoslarini barpo etish va mustahkamlashda, bozor tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi iqtisodiy tizimni shakllantirishda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovga uzoq yillar yelkadosh bo‘lib ishlagan, o‘zining butun mehnat faoliyatini Vatanimiz ravnaqiga bag‘ishlab kelayotgan inson, o‘zining amaliy faoliyati bilan yurtdoshlarimiz orasida haqli ravishda katta hurmat va obro‘-e'tibor qozongan, partiya Siyosiy Kengashining a'zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Tadbirda O‘zLiDeP tomonidan ko‘rsatilayotgan nomzod shu yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirildi.
S'yezdda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Sh.M.Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma'ruza qildi.
S'yezd qaroriga ko‘ra O‘zLiDeP qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya nomzodini ro‘yxatga olishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etadi.
S'yezdda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qonunchilikka ko‘ra, partiya umumiy saylovchilar sonidan kamida 1 foizining (214,35 ming imzo) imzosini yig‘ishi lozim.
Tez orada partiya Markaziy saylov komissiyasiga nomzod ro‘yxatga olinishi uchun u haqdagi ma'lumotlarni taqdim etadi.
Ma'lumot uchun, nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomalarini berish 30 oktabrgacha Markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungacha O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov Prezidentlikka nomzod etib tasdiqlangandi.
O‘zLiDeP partiyasi 2016 yilning 16 sentabr kunida O‘zbekiston prezidentligi uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgandi.
Dastlab nomzod partiyaning 14 oktabrdagi qurultoyida tasdiqlanishi, so‘ngra esa hujjatlar O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga topshirilishi kerak edi.
Keyinroq Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlariga nomzod etib tasdiqlanishi rejalashtirilgan partiya qurultoyini 19 oktabrga ko‘chirishga qaror qilingandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili
O‘zbekiston | 20:03
-
Global isish tufayli La-Manshga sakkizoyoqlar yopirildi
Jahon | 19:50
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
Mavzuga oid

12:59 / 05.05.2025
Parlamentda “Taraqqiyot bloki” tuzildi

13:59 / 25.04.2025
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor

18:13 / 22.04.2025
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin

10:00 / 10.02.2025