Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi Özbekiston prezidenti vazifalarini vaqtinçalik bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlariga nomzod etib tasdiqlanişi rejalaştirilgan partiya qurultoyini 19 oktabrga köçirişga qaror qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmatida RIA “Novosti” axborot agentligiga xabar qilindi.
Dastlab Şavkat Mirziyoyev nomzodi partiyaning 14 oktabrdagi qurultoyida tasdiqlanişi, söngra esa hujjatlar Özbekiston Markaziy saylov komissiyasiga topşirilişi kerak edi.
"Sanani köçiriş haqidagi qaror qurultoy doirasida rejalaştirilgan ÖzLiDePning Özbekiston prezidenti saylovlaridagi iştiroki bilan boğliq masalalarni muhokama qiliş jarayoniga ta'sir qilmaydi", deb ma'lum qildi partiya vakili.
"Partiya nizomiga takliflar va qöşimçalarni örganiş uçun qöşimça vaqt talab qilindi. Bu takliflar va qöşimçalar ham navbatdagi qurultoyda körib çiqilişi tayyorlanmoqda, şuning uçun qurultoy sanasini köçirişga qaror qilindi", deb tuşuntirdi partiya vakili.
Ayni vaqtda partiyalar öz nomzodlarini qöllab-quvvatlovçi imzolar yiğişni amalga oşirişmoqda, bu jarayon 20 oktabrda yakunlanişi kerak. Qonunçilikka köra, partiya umumiy saylovçilar sonidan kamida 1 foizining (214,35 ming imzo) imzosini yiğişi lozim. Nomzodlarni röyxatdan ötkaziş va röyxatdan ötganlik guvohnomalarini beriş 30 oktabrgaça Markaziy saylov qömitasi tomonidan amalga oşiriladi.












