Hindistonda odam ovlovchi yo‘lbars otib tashlandi
Hindiston hukumatini odamlarni ovlab yeydigan yo‘lbarsning o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi. Uni topishga qaratilgan keng ko‘lamli operatsiya olti haftaga cho‘zilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Uttarakxand shtatida yo‘lbarsning hujum qilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va besh kishi yaralangan.
Yirtqich dalalarda tez-tez paydo bo‘lar, shu sabab ham shtatdagi qishloq xo‘jaliklarida vahima boshlandi: fermerlar o‘z hosillarini yig‘ishdan qo‘rqib qolishgandi.
Mahalliy amaldorning ma'lum qilishicha, yirtqichni ushlashga bo‘lgan bir necha muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, hukumat uni o‘ldirishga qaror qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lbars juda vahshiylashib ketgan edi.
Jonivorni tutishda vertolyot va dron yordamidan foydalanilgan.
Mavzuga oid
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
20:33 / 07.11.2024