Jahon | 06:44 / 21.10.2016
7500
2 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Obamaning maktublari va elektron manzillarini oshkor qildi

Foto: CHROMORANGE/Bilderbox/globallookpress

WikiLeaks Xillari Klintonning yaqin safdoshi Jon Podestaning elektron pochta orqali AQSh prezidenti Barak Obama bilan yozishmalarini chop etdi. Shu tariqa 2008 yildagi 7 ta maktub oshkor qilingan. Ulardan 6 tasi Obamaga yo‘llangan, ulardan uchtasi Obama AQSh kongressi senati a'zosi bo‘lganda va yana 3 ta maktub Obama prezident bo‘lganda yozilgan. 

Bundan tashqari, Obamaning bir nechta maktubi va uning ikkita eski elektron manzili chop etilgan. 

"WikiLeaks Barak Obama maxfiy adres bo‘yicha yuborgan maktublarning birinchi qismini chop etmoqda", deb aytildi portal xabarida.

Podesta va Obama muhokama qilgan mavzular orasida Obama prezident bo‘ladigan bo‘lsa 2008 yil 15 noyabrda, inauguratsiyasidan oldin "katta yigirmatalik" uchrashuvida ishtirok etishi kerakligi-kerakmasligi mavzusi bor. Obamaga bunga javoban sammitda ishtirok etishni rad etish va Kichik Jorj Bush boshchiligidagi ma'muriyatdan iloji boricha uzoqlashish maslahat beriladi.

Mavzuga oid