Jamiyat | 20:57 / 22.10.2016
15964
2 daqiqa o‘qiladi

Jan-Klod Van Damm Trampga ovoz berib, Rossiya bilan yarashishga chaqirdi

Foto: vesti.az

Aktyor Jan-Klod Van Damm AQShdagi prezidentlik saylovlari hamda Vashingtonning Moskva bilan munosabatlariga izoh berdi. TMZ nashrida shu haqda ma'lum qilindi

Asli belgiyalik aktyor Amerikaga hech narsasiz kelib, yulduz bo‘lishga muvaffaq bo‘lgani, shu bois bu mamlakatni yaxshi ko‘rishini ta'kidladi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda AQShga biznesdek munosabatda bo‘lish kerak. 

"Men butun dunyo bo‘ylab sayohat qilaman - Honkongda yashayman, Amerikaga kelaman, Yevropada bo‘laman", - deydi Van Damm. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni, milliarder va AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan bir necha marotaba uchrashganini aytdi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, "yigit kishi o‘z mamlakatiga 2, 3, 4, 5 yoki 6 milliard investitsiya qildimi, demak, u o‘z davlati manfaatlarini himoya qilishni istaydi". 

Van Dammning ta'kidlashicha, hozir kiberhujumlar yoki shu kabi boshqa narsalar haqida gapirishga hojat yo‘q. Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yagona ish - "Rossiyaga parvoz qilib, Putin bilan bir dasturxon atrofida suhbatlashib, yarashishga harakat qilish lozim". 

"Chunki qolgan davlatlar - zaifroq. Amerika va Rossiya esa kuchli mamlakatlar, shu bois ular bir-biriga qo‘l uzatishi kerak", - dedi Van Damm va hozirgi kunda AQSh siyosatida boshqa narsalar haqida bong urilayotganini qo‘shimcha qildi. 

Shuningdek aktyor o‘zining musulmon do‘stlari va umuman, Yer yuzidagi barcha insonlarni yaxshi ko‘rishi, lekin bugungi kunda aynan Tramp kerak ekanligini ta'kidladi. 

 

Mavzuga oid