00:33 / 23.10.2016
12277

"Valensiya" muxlisi otgan idish Suares va Neymarga tegdi (Video)

Ispaniya chempionatining 9-turida "Valensiya" o‘z maydonida "Barselona"ga 2:3 hisobida yutqazdi.

O‘yin oxirida Messi penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Messi g‘alaba to‘pini kiritib, golni nishonlayotgan vaqtida mag‘lubiyatdan jazavaga tushgan "Valensiya" muxlislaridan birining otgan idishi "Barselona" hujumchilari Luis Suares va Neymarga tegdi. 

 

 

Manba: tribuna.uz

Top