Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qon quyishning foydasi inkor etildi
Foto: IFLScience
Tibbiyotdagi yangi olingan qon (unda uzoq muddat saqlanmagani uchun cho‘kma mavjud bo‘lmaydi) quyish amaliyoti (gemotransfuziya) bemorlar orasidagi o‘lim hollarini kamaytirmaydi. Kanadaning Makmaster Universiteti olimlari bir necha o‘n minglab qon qabul qiluvchilarning ahvolini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi. Ularning ishlari xususida EurekAlert! nashri qisqacha so‘z yuritmoqda.
Shifokorlar Avstraliya, Kanada, Isroil va AQShda gemotransfuziya qilingan 31,5 ming bemor orasidagi vafot etish hollarini o‘rgangan. Ma'lum bo‘lishicha, toza qon qabul qilgan bemorlarning 9,1 foizi hayotdan ko‘z yumgan. Saqlangan qon quyilgan bemorlar orasidagi o‘lim holati esa birmuncha kam, 8,7 foizni tashkil etgan. Olimlarning qayd etishlaricha, bu ko‘rsatkichga qon guruhi, tashxis, shifoxona va yoki mamlakat sezilarli salbiy ta'sir etmagan.
Maqola mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, ularning tadqiqotlari qon uzoq saqlanish vaqtida eskirishi mumkinligi, uning yangi olinganligi qon quyishda ijobiy samara berishi haqidagi mavjud tortishuvlarga chek qo‘yadi.
Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari qonni 42 kun mobaynida saqlab turish imkonini beradi. Qon quyish chog‘ida birinchi galda eskilari ishlatiladi, biroq, ularning biokimyoviy, tuzilmaviy va funksional o‘zgarishlariga oid xavotirlar mavjud.
Mavzuga oid
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
22:09 / 13.12.2025
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollarning 27 foizi bunday holatlarga ayollarning o‘zlari aybdor bo‘lishlarini ta’kidlagan - tadqiqot
11:30 / 10.12.2025