Qozog‘iston chempionatining so‘nggi turida Aleksandr Geynrix to‘p surayotgan "Ordabasi" uyda "Aktobe" bilan to‘qnash keldi. Dastlab mehmonlar uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik mezbonlar bunga ikki bor javob qaytarishdi. Aleksandr Geynrix 88-daqiqada penaltidan kiritgan goli "Ordabasi"ga qiyin kechgan bahsda 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim qildi. Shunday qilib, "Ordabasi" mavsumni 4-o‘rinda yakunladi.
"Ordabasi" - "Aktobe" - 2:1
Gollar: Trofimtsa (40), Aleksandr Geynrix (88, pen) - Kakimov (13)
Manba: Tribuna.uz