O‘zbekiston | 12:15 / 04.11.2016
10684
3 daqiqa o‘qiladi

UzReport O‘zbekistonda ilk marta yuqori tezlikdagi internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya o‘tkazdi

“Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” Forumi doirasida to‘rtinchi avlod yuqori texnologiyasiga asoslangan 4G LTE internet tarmog‘idan foydalangan holda O‘zbekistonda birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (jonli) teletranslyatsiya o‘tkazildi.

Tadbir o‘tkazilayotgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (jonli) ulanish UzReport TV telekanali tomonidan uyushtirildi va teletomoshabinlarga real vaqt rejimida Forumning asosiy sessiyalaridan biri bo‘lmish – “Tanishuvlar sessiyasi”ni kuzatish imkoniyatini berdi.

“Zamonamiz juda mobil, unda ro‘y berayotgan jarayonlar esa tez o‘tib ketadi, bunday sharoitda auditoriyaga operativ axborotni yetkazish tezligi va ishonchliligi har qanday mediakompaniya uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, axborot kanallari uchun voqea joyidan bevosita ma'lumot va jonli efir uzatishning qadri kun sayin ortib bormoqda. Yangi formatdagi, serharakat, muvaffaqiyatli va faol foydalanuvchilarga mo‘ljallangan telekanal bo‘lganimiz tufayli ham biz uchun bu obektiv zaruriyatga aylandi.

Shuni hisobga olgan holda, o‘z telekanalimizning ish jarayoniga IP protokoli asosida videoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rejimda uzatish sohasida yetakchi bo‘lgan LiveU kompaniyasining ilgor uskunalarini joriy qilishga qaror qildik. Bu esa bizga shoshilinch materiallarni tezkor uzatish masalasini samarali hal etish va muhim voqealarni jonli efirda yoritish imkoniyatini beradi”, - deya yangilikka izoh berdi UzReport TV telekanalining texnik direktori Saidumar Xo‘jayev.

Aytish kerakki, LiveU kompaniyasining ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan texnologiyasi yengil vaznli va ishlatish oson bo‘lgan uskuna va tezkor internet yordamida dunyoning istalgan burchagidan videosignalning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (jonli) translyatsiyasini amalga oshirish imkonini beradi.

LiveUning yengil vaznli videostrimerlari yuqori mahsuldorlik va portativlikning noyob uyg‘unligini ta'minlaydi. Bu uskunalarning asosini videokodirovkaning yangi ko‘p protsessorli mexanizmi va to‘rtinchi avlod kanallarini patentlangan birlashtirish algoritmlari tashkil etadi.

Strimerlarni yuklash vaqti bir daqiqadan kamroq, shu sababdan ular tez o‘zgaruvchan voqealar va tez o‘tuvchi sahnalar haqidagi reportajlarni tayyorlashda beqiyos o‘rin tutadi.

Ta'kidlash kerakki, UzReport TV telekanali tomonidan “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” Forumi doirasida o‘tkazilgan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (jonli) teletranslyatsiya tadbirning telekommunikatsion hamkori bo‘lmish UMS mobil aloqa operatorining 4G LTE texnologiyali yuqori tezlikdagi interneti yordamida amalga oshirildi. 

Mavzuga oid