O‘zbekiston | 13:44 / 09.12.2020
5703
1 daqiqa o‘qiladi

«UzReport» yangi loyihalar uchun 30 milliard qarz jalb etmoqda

«UzReport» axborot agentligi yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun korporativ obligatsiyalarni bozorga chiqardi.

«Saipro» mas'uliyati cheklangan jamiyat ta'sischiligida tashkil etilgan «UzReport» axborot agentligi yangi media loyihalarni moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida umumiy qiymati 30 milliard so‘mga teng 600 dona obligatsiyani bozorga chiqardi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, har bir aksiya 50 million so‘mdan yopiq sotuv shaklida, ya'ni avvaldan ma'lum shaxslarga sotiladi.

Korporativ yagona axborot portali ma'lumotiga ko‘ra, agentlik qimmatli qog‘ozlarni chiqarish haqidagi qarorni shu yilning 10 noyabr kuni qabul qilgandi.

Ma'lumot uchun, media bozorida 1999 yildan buyon faoliyat yuritayotgan «UzReport» axborot agentligi «UzReportTV», «Futbol TV» va ingliz tilida ish olib boradigan «UzReport World» telekanallari, «uzreport.news» internet nashriga egalik qiladi.

Mavzuga oid