Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayotdan ko‘z yumdi
Foto: AbdullaOripov.com
O‘zbekiston xalqi, O‘zbekiston adabiyoti va san'ati og‘ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etgan.
O‘zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShda davolanish kursini o‘tayotgani, uning ahvoli og‘irlashgani haqida avval xabar qilingan edi.
Kun.uz tahririyati marhum ustoz shoirning oila a'zolari va yaqinlariga, O‘zbek xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi va sabr tilaydi.
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un!
Marhum shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodi >>>
Mavzuga oid
15:31 / 31.08.2025
Polosonni mashhur qilgan shoir: Anvar Obidjon xonadonidan reportaj
21:59 / 21.03.2025
“Prezident safardaligida otamni yo‘qotmoqchi bo‘lishgan” - yaqinlari Abdulla Oripov haqida
11:14 / 21.03.2025
Butun zal Abdulla Oripovdan she’r so‘ragandi - shoirning shogirdi xotiralari
08:04 / 29.12.2023