Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, şoir Muhammad Ismoilning ma'lum qilişiça, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov davolaniş uçun AQŞga jönab ketgan. 
 
“Elimizning ardoqli va atoqli şoiri, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Davlat madhiyasi muallifi, buyuk ustoz Abdulla Oripov soğligini tiklaş va yanada mustahkamlaş uçun Amerika Qöşma Ştatlariga uçib ketdilar va bugungi kunda muolaja olmoqdalar. Uluğ ustozimizga Yaratgandan soğlik, salomatlik tilaymiz. Millatimizning ma'naviy yuksalişi yölidagi fidokorona xizmatlaringiz oldida hamişa ta'zim va taşakkurdamiz. Durdona asarlaringiz bilan xalqimizning ming yillik oltin xazinasini yanada boyitaverişingizga tilakdoşmiz. Baxtimizga bor böling, uluğ ustoz!”, deb yozadi Muhammad Ismoil.