21:21 / 07.11.2016
13638

Qozon shahrida o‘zbekistonlik taksichi politsiyachi bilan "poyga o‘ynadi"

Qozon shahrining Novo-Savinovskiy tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari qoidabuzarni ta'qib qilishdi. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan haydovchi YTH sodir etgan va hovlilar oralab politsiyadan qochishga uringan. Bu haqda «Efir-24» telekanali efirida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bu shaxs Daewoo Nexia rulida ketayotib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, qarama-qarshi yo‘nalishda tezlikni oshirgan holda harakatlangan, yakunda avariya sodir etgan hamda mashinani qoldirib, qochib qolishga tutingan. Lekin inspektorlar uni ko‘p o‘tmasdan tutib olishgan.

Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi birinchi darajali qoidalarni inkor qilgan va svetofor chiroqlariga qaramagan. Yo‘l oxirida esa qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. U transport vositalari ko‘p hududga bostirib yurib, qaltis harakatlarni amalga oshirgan. U to‘qnashuvdan qochish uchun mashinani hovlilar tomon haydagan, lekin mashina yo‘l chetidagi chuqurga tushib  qolgan.

Uning haydovchilik hujjatlari joyida bo‘lgan, ammo u alkogol testidan o‘tishni istamagan. Mashina avtomobillar saqlanish hududiga olib ketilgan, haydovchini esa sud kutmoqda.

Top